O"tib Ketadi
Qachondir bor edi sevgi,
U qalbimda yongan edi,
Yolg'iz seni deb meni jonim...
Balki u so'nmagan hali,
Balki men haliham seni,
Yolg'iz seni men sevaman jonim...
[Naqorat]
Ammo bilaman men bekorga,
Bu so'zlar kerak emas senga,
Qiynatar yuragimni nega seni deb...
O'tib ketadi, qaytmaydi endi,
Orzular yondi, yoshlar to'kildi,
Qaydan qayg'ular yuragim qiynar,
Qayerda endi sen aytgan sevgi jonim meni...
Qachondir bor edi orzu,
Doim meni chorlardi u,
Yolg'iz seni yoningda jonginam...
Sen uchun men tayyor edim,
Hattoki berishga jonim,
Faqat sen bo'lsang meni yonimda...
[Naqorat] x 2
Shahzoda - O'zbekiston
Elga nazar solgan, muqaddas o'lkam, senga ne tilasam baribir kam,
Bag'ringda halqimning topgani mo'l, labbay deb ta'zimda ko'ksidagi qo'l.
Ona vatan, qabul ayla, farzandlaring tabriklarini
So'z topolmay, orziqadi har yurak.
Muborak bo'lsin O'zbekiston, aziz bayraming O'zbekiston,
Yanada yashna O'zbekiston.
Muborak bo'lsin O'zbekiston, aziz bayraming O'zbekiston,
Yanada yashna O'zbekiston.
Vatan ko'ngling to'q bo'lib, mag'rur bo'laver, qizlaring iboli, o'g'onlaring mard,
Ne buyuk zotlarning avlodlari, hach qachon nominga yuqturmaydi gard.
Ona vatan, qabul ayla, farzandlaring tabriklarini
So'z topolmay, orziqadi har yurak.
Muborak bo'lsin O'zbekiston, aziz bayraming O'zbekiston,
Yanada yashna O'zbekiston.
Muborak bo'lsin O'zbekiston, aziz bayraming O'zbekiston,
Yanada yashna O'zbekiston.
Shaxzoda - Guzal Istaklarim
Hey, mening chin do'stlarim,
Sizga qalbimdan kylayman.
Hey, mening yaqinlarim,
Sizga borimni atayman.
Orzularga yo'l olaylik,
Dillarda yashasin yorug'lik.
Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga,
Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga.
Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga,
Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga.
Hey, mening tengdoshlarim,
Sizga omadlar tilayman.
Hey, qalbim sirdoshlari,
Sizga qanotlar bo'lay man.
Bahtlar sari biz yetayli,
Ko'klarda parvozlar etaylik.
Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga,
Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga.
Go'zal istaklarim, yuragimdan sizga,
Toza niyatlarim, chin ko'ngildan sizga.
Shahzoda - Nozik Kushcha
Nozik qushchasan, ovozing etar shaydo
Senga yetay deb o'zidan kechar hatto-o-o
Erkam deya seni, sovuq kunlardan asrar
Seni o'ziga o'rgatib...
Sen imkon qadar uzoq uzoqlarga uchgin tezro-o-oq
Erkingni berib qoyma oltin qafas shirin tuzo-oq,
Qadringni bilgin farq et, go'zal so'zga uchma aslo-o-o
Aldangan qancha qushlar qafas ichra chekar nido...
Erib ketmagin, sevgisiga ishonib
Qalbin sinagin, qanchalar senga sodi-i-iq
Erkam deya seni sovuq kunlardan asrar
Seni o'ziga o'rgatib...
Sen imkon qadar uzoq uzoqlarga uchgin tezro-o-oq
Erkingni berib qoyma oltin qafas shirin tuzo-oq,
Qadringni bilgin farq et, go'zal so'zga uchma aslo-o-o
Aldangan qancha qushlar qafas ichra chekar nido...
Shahzoda - Ne Uchun
Azoblar solib, ko'ngling to'ldimi?
Nahotki qalbing, shunga ko'ndimi?
Aylading... shunchalar sen qast...
Aylading... shunchalar ham past...
Chorus:
Ne uchun, rahming kelmadi insonlarga...
Ne uchun, shavqat qilmading...
Ne uchun, orzu o'ylandi armonlarga...
Ne uchun, buni bilmading... buni bilmading...
[Fis] g'iybatlardan, yiroqlarda yur,
Mard bo'lsen gar sen, o'z so'zingda tur,
Ayirding... shunchalar sen qast...
Ayirding... Shunchalar ham past...
Chorus x 1
Shaxzoda - Yurak Sezar
Yovuzlik kuchlari kelmas g'olib, devlar ham ketadi ortda qolib,
Bulutni parchalar oftob, chekinar alam istirob.
Ko'ngilda beg'ubor yoshlik fasli, mehrni o'ldirib bo'lmas,
Asli tomchi suv teshadi toshni, sinaydi sevgi bardoshni.
Bor ekan, mehr yurakda bor ekan, yo'q ekan qahr g'azab zor yo'q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan.
Bor ekan, mehr yurakda bor ekan, yo'q ekan qahr g'azab zor yo'q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan, baht bo'ladi yor.
Afsona, yashaydi qo'shiq bo'lib muhabbat,
Yashnaydi nurga to'lib intizor, qushga o'q otma, yurakni tosh deb yo'qotma.
Bor ekan, mehr yurakda bor ekan, yo'q ekan qahr g'azab zor yo'q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan.
Bor ekan, mehr yurakda bor ekan, yo'q ekan qahr g'azab zor yo'q ekan,
Kim sevsa uning umri tirik hayot ekan, baht bo'ladi yor.
Shahzoda - Hayollarim
Sahroda yillar o'tsa ezandim,
Samoda gul ham yolg'iz kezandim,
O'zga barglarni yomg'ir o'zganda,
Sog'inib yurak seni izladi...
[Naqorat]
Hayollarim shoshilar senga,
Hayollarim talpinadi bir o'zinga,
Kechalari ko'kda yulduzlar,
Har birini o'z bahtini izlar,
Hayollarim olib ketar o'zimni senga...
Hayot o'tarkan cheksiz yo'llardan,
Yashil bog'lardan gohi cho'llardan,
Meni bir zumga yolg'iz qoldirma,
Sensiz ko'zyoshim qo'llar gullardan...
[Naqorat] x 1
Sevinchga to'lar dunyo sen bilan,
Bahtim taqdirim sevgim ham sen bilan...
Отредактировано: Асель Сейтимбетова 2010-11-12 23:05:39